“Manchester Siti” rahbariyati “Nottingem Forest” etakchi yarim himoyachisi Elliot Andersonni 2026 yil uchun asosiy transfer nishonlaridan biriga aylantirishga tayyor.
Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” bu o‘yinchini olish uchun “Manchester Yunayted” va “Liverpul” kabi qudratli klublar raqobatini engib o‘tishi talab qilinadi.
“O‘rmonchilar” 23 yoshli o‘yinchiga badavlat klublar da’vogarlik qilayotgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi va shu bois Elliot uchun 100 million funt (114 million evro) miqdoridagi takliflar bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.
Andersonning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.
Xosep Gvardiola jamoasi esa, o‘ziga kerak o‘yinchini ikki yarim baravar qimmat narxda olishga qarshi emas.
