“Katta dubulg‘a” turnirlarining 7 karra g‘olibi, sobiq dunyo 1-raqami, 45 yoshli amerikalik tennischi Vinus Uilyams turmushga chiqqanini rasman tasdiqladi. Uning turmush o‘rtog‘i 37 yoshli daniyalik aktyor Andrea Preti bo‘ldi. To‘y o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tdi.
Ha, bu haqiqat. Biz turmush qurdik deb yozdi Vinus ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, Vinus Uilyams 2025 yilning eng didli insonlari qatoriga kiritilgan. Uning US Open turnirida kiygan liboslari nufuzli nashr talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi 55 libosi ro‘yxatidan joy oldi. Shuningdek, u dekabr oyida Andrea Preti bilan unashtirilganini tasdiqlagan, nikoh marosimi esa joriy yil yanvarida o‘tkazilgan
