Professional boksning super yarimo‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov 2026 yil 24 yanvar kuni (Toshkent vaqti bilan 25 yanvar tongi) AQSHning Las-Vegas shahridagi Fontainebleau majmuasida ringga chiqadi. Matchroom Boxing xabariga ko‘ra, hamyurtimizga Dominikan Respublikasi vakili Luis Devid Salazar raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Madrimov professional faoliyatida 13 ta jang o‘tkazib, 10 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. Uning raqibi, 32 yoshli Salazar hisobida esa 20 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat mavjud.
