Roddik: Tommi Pol haqida - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Roddik: Tommi Pol haqida

Sobiq dunyo birinchi raketkasi Endi Roddik Tommi Polni barcha qoplamalarda kuchli raqib deb baholadi. Uning aytishicha, Pol Australian Open va Rim Masters’dagi muvaffaqiyatlari bilan buni isbotlagan.

Roddik Tommi Polning himoyadan hujumga tez o‘tishi, tezligi, atletizmi va voleylardan foydalanishini alohida ta’kidladi hamda kelasi mavsumda u sog‘lom bo‘lib, e’tibor jarohatlarga emas, uning o‘yiniga qaratilishiga umid bildirdi.