Sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev va 79,4 kg vazn toifasida WBC chempioni Devid Benavides o‘zaro jangga og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Source of Boxing xabar bermoqda.
“Men Benavides bilan jang qilmoqchiman”, — dedi Beterbiyev.
“Men ham sen bilan ringga chiqishga roziman”, — deb yozdi Benavides ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, Beterbiyev 2013 yilda prof boksda debyut qilgan va 2024 yilda mutlaq chempion bo‘lgan. Fevral oyidagi so‘nggi jangida u faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni Dmitriy Bivoldan qabul qildi. Benavides esa 2013 yilda professional ringda debyut qilib, 76,2 kg vaznda ikki karra jahon chempioni bo‘lgan.
