Sobiq jahon chempioni Terenс Krouford Makgregor – Meyvezer va Pol – Joshua janglarini solishtirdi.
— “Menimcha, Konor Floydga qarshi Jake Pol Entoni Joshuaga qarshi ko‘rsatganidan ko‘ra yaxshiroq jang qildi. Makgregorda yaxshi aniq zarbalar bo‘lgan,” — dedi Krouford.
Eslatib o‘tamiz, Floyd Meyvezer 2017-yil avgustida Konor Makgregorni 10-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgan.
Entoni Joshua esa 20-dekabrga o‘tar kechasi Jake Polni 6-raundda nokaut qilgan.
