Rojer Federer Yangi yilni qanday nishonlaganini ko‘rsatdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Rojer Federer Yangi yilni qanday nishonlaganini ko‘rsatdi

«Katta dubulg‘a» turnirlarining 20 karra chempioni, sobiq dunyoning birinchi raketkasi Rojer Federer ijtimoiy tarmoqlarda Yangi yil bayramidan olingan chiroyli suratlarni e’lon qildi.

«Kayfiyat — 2026 yil», — deb izoh qoldirdi Federer.

Rojer Federer 2022 yil sentyabr oyida faoliyatini rasman yakunlagan. U o‘zining so‘nggi uchrashuvini Londonda bo‘lib o‘tgan Laver kubogi–2022da juftlik bahsida o‘tkazib, unda «Katta dubulg‘a»ning 22 karra chempioni, sobiq dunyo birinchisi Rafael Nadal bilan birga maydonga tushgan.

Shuningdek, 44 yoshli Federer 2026 yilda Xalqaro tennis shon-sharaf zaliga kiritilishi rejalashtirilgan.