Yakka va juftlik bahslarida sobiq dunyoning birinchi raketkasi, hozirda WTA reytingida 581-o‘rinni egallab turgan amerikalik tennischi Vinus Uilyams uayld-kard olganini izohladi
«Avstraliyaga qaytishni intiqlik bilan kutyapman va avstraliya yozida o‘tadigan musobaqalarni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu yerdan juda ko‘p ajoyib xotiralarim bor. Mening faoliyatimda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan joyga yana qaytish imkoniyati uchun minnatdorman», — deya Vinus Uilyamsning so‘zlarini keltiradi Tennis.com.
Vinus Uilyams yakka tartibda Australian Open turnirida chempion bo‘lmagan, biroq ikki bor finalgacha yetib borgan.
45 yosh-u 7 oyligida Vinus turnir tarixidagi eng yoshi katta asosiy to‘r ishtirokchisiga aylanadi. Australian Open 12 yanvarda start oladi.
