Sanders «Dakar»-2026da yetakchiligini mustahkamladi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Sanders «Dakar»-2026da yetakchiligini mustahkamladi

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan «Dakar»-2026 ralli-reydining mototsikllar o‘rtasidagi bahslarida uchinchi bosqich yakunlandi. Maxsus uchastkada g‘alabani «Honda» jamoasi vakili Tosha Shareyna qo‘lga kiritdi.

Uchuvchi uchinchi bosqichni 4 soat 26 daqiqa 39 soniyada bosib o‘tdi. Ikkinchi o‘rinni uning jamoadoshi Riki Brabek, uchinchi o‘rinni esa «KTM» piloti Daniyel Sanders egalladi.

«Dakar»-2026. Mototsikllar. 3-bosqich natijalari:
1. Tosha Shareyna («Honda») — 4:26:39
2. Riki Brabek («Honda») — +2:17
3. Daniyel Sanders («KTM») — +3:28
4. Lusiano Benavides («KTM») — +4:30
5. Skayler Xous («Honda») — +4:32

Shunga qaramay, uchinchi o‘rinda marraga yetib kelgan Daniyel Sanders umumiy hisobdagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. Endilikda u eng yaqin ta’qibchisini bir daqiqadan ortiq farq bilan ortda qoldirmoqda.

«Dakar»-2026. Mototsikllar. 3-bosqichdan keyingi umumiy hisob:
1. Daniyel Sanders («KTM») — 12:12:31
2. Riki Brabek («Honda») — +1:07
3. Tosha Shareyna («Honda») — +1:13
4. Edgar Kanet («KTM») — +8:46
5. Lusiano Benavides («KTM») — +11:06

«Dakar»-2026 ralli-reydi davom etmoqda, oldinda ishtirokchilarni yanada murakkab va sinovli bosqichlar kutib turibdi.