Amerikaning “Cadillac” jamoasi uchuvchisi, meksikalik Serxio Peres “Red Bull”dagi faoliyati nega qiyin bo‘lganini ochiq aytib berdi.
Peresning so‘zlariga ko‘ra, jamoada juda tarang muhit hukm surgan:
“Agar sen juda tez bo‘lsang ham — bu muammo edi. Agar men Maks Verstappendan tezroq bo‘lsam, bu darhol muammoga aylanardi. Aksincha holat ham xuddi shunday”, — dedi Peres.
Eslatib o‘tamiz, Serxio Peres 2021–2024 yillarda “Red Bull” safida harakat qilgan. U 2023 yilgi mavsumda Formula-1 vitse-chempioni bo‘lgan. Umuman olganda, Peres “Qirollik poygalari”da 14 mavsum ishtirok etgan.
