Sabalenka Muchovani ishonch bilan mag‘lub etib, Brisben turniri finaliga chiqdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Sabalenka Muchovani ishonch bilan mag‘lub etib, Brisben turniri finaliga chiqdi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Arina Sobolenko Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tayotgan WTA–500 toifasidagi turnir finaliga yo‘l oldi. Yarim finalda u Chexiya vakilasi, reytingda 20-o‘rinda turgan Karolina Muchovani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 1 soat 29 daqiqa davom etdi. Shu vaqt ichida Sobolenko 8 ta eys zarbasi amalga oshirdi, 1 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va 8 ta breyk-poyntdan 2 tasini muvaffaqiyatli yakunladi. Muchova hisobida esa 7 ta eys, 1 ta qo‘sh xato va 3 ta imkoniyatdan birortasida ham breyk amalga oshmadi.

Brisben turniri finalida Arina Sobolenko Jessika Pegula — Marta Kostyuk uchrashuvi g‘olibasi bilan bahs olib boradi.