«Golden Steyt» bosh murabbiyi Stiv Kerr mavsum boshida asosiy tarkibda o‘ynab kelgan forvard Jonatan Kumingani zaxiraga o‘tkazish qarorini izohladi.
«Jonatan uchun juda afsusdaman va u haqida qayg‘uryapman. Dastlabki bir-ikki haftadagi kabi hammasi davom etmagani achinarli. Ammo uni Jimmi va Dreymond bilan bir vaqtda 2–3–4 pozitsiyalarda tushirish juda qiyin edi. Har kim ko‘rishi mumkin — bu tarkib hujumdagi, ayniqsa uzoq masofadan tashlashdagi xavf nuqtai nazaridan unchalik samarali emas.
Albatta, ba’zida Stef har qanday muammoni yopib ketishi mumkin, u juda kuchli. Lekin zamonaviy NBA’da bunday kombinatsiya to‘g‘ri kelmaydi. Biz bunga amin bo‘ldik. Ushbu tarkibni bir necha hafta sinab ko‘rdik va oxir-oqibat uning zaif tomonlari ayon bo‘ldi. Shuning uchun boshqa yo‘lni tanladik», — dedi Kerr.
