«Audi» rahbari Mattia Binotto zavod jamoasining Formula-1dagi maqsadlarini ochib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoaning asosiy maqsadi – 2030 yilda chempionlik uchun kurashish va paddokdagi namuna jamoa bo‘lish.
Binotto jamoa yaratish vaqt talab qiladigan jarayon ekanini ta’kidladi: insonlar, jarayonlar, metodologiyalar, maydon va ishlab chiqarish – bularning barchasi muhim. U Ferraridagi tajribasini misol qilib keltirib, Jan Todt 1993 yilda jamoaga qo‘shilib, birinchi chempionlikni 1999 yilda qo‘lga kiritganini eslatdi.
«Audi» ham darhol g‘alaba qozona olmaydi, buning uchun o‘z yo‘lini belgilab, bir necha mavsum ishlashi kerak», — dedi Binotto RacingNews365 ga bergan intervyusida.
