33 yoshli, nemis-kurd bokschisi Agit Kabayel 38 yoshli, mag‘lubiyatsiz ukrainalik chempion Aleksandr Usikka ochiqchasiga chaqiriq tashladi. Jangdan keyingi intervyusida Kabayel uzoq vaqtdan beri titul jangini kutayotganini va Ar-Riyodda uch nafar kuchli raqibni yenggani uning bunga loyiq ekanini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Kabayel professional boksdagi debyutini 2011 yil iyun oyida o‘tkazgan. Uning hisobida 27 ta g‘alaba bor, shulardan 19 tasi nokaut bilan yakunlangan va hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan. U Zhang Chjilei, Derek Chisora va Arslanbek Mahmudov kabi mashhur bokschilar ustidan g‘alaba qozongan.
