Peres: “Xemilton «Mercedes»ga o‘tmaganida, o‘sha joy menga nasib etishi mumkin edi” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Peres: “Xemilton «Mercedes»ga o‘tmaganida, o‘sha joy menga nasib etishi mumkin edi”

Meksikalik pilot Serxio Peres 2013 yilda faoliyatidagi muhim imkoniyatlardan biri haqida gapirdi. Uning aytishicha, agar Lyuis Xemilton «Maklaren»dan «Mercedes»ga o‘tmaganida, Peres Germaniya jamoasiga o‘tish uchun jiddiy nomzod bo‘lardi.

Peres o‘sha paytda eng talabgir yosh pilotlardan biri bo‘lganini, hatto uchta top-jamoa bilan variantlari mavjud bo‘lganini aytdi. Ulardan biri «Ferrari» bo‘lib, ammo jamoa unga 2014 yilgacha joy bera olmagan. Aynan shu paytda kutilmaganda «Maklaren» varianti paydo bo‘lgan.

Xemiltonning ketishi «Maklaren»ni shoshilinch qaror qabul qilishga majbur qilgan va yakunda Peres Lyuisning o‘rnini egallab, jamoa bilan shartnoma imzolagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Xemilton «Mercedes»ga ketmaganida, ehtimol u yerga o‘zi yo‘l olgan bo‘lardi.