“Red Bull” zaxira poygachisi Yuki Tsunoda kelajakda “Honda” bilan hamkorlik davom etishi mumkinligini inkor etmadi, garchi yapon kompaniyasi rasmiy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan bo‘lsa ham.
Ma’lumki, Honda “Red Bull” bilan hamkorlikni yakunlab, yangi mavsumdan boshlab dvigatellarni faqat “Aston Martin”ga yetkazib beradi.
“Honda menga shu yillar davomida bergan yordamni juda qadrlayman. Kelajakda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi, ammo men har doim minnatdor bo‘lib qolaman. Oldingidan biroz boshqacha yo‘nalishda ishlashimga to‘g‘ri keladi, lekin aloqani uzmaymiz — qay darajada hamkorlik qilishimizni ko‘ramiz”, — dedi Tsunoda.
