“Racing Bulls” poygachisi Liam Louson yangi mavsum oldidan Formula-1’dagi bosim va o‘zining jamoadagi roli haqida fikr bildirdi.
2026-yilda u chempionatdagi ikkinchi mavsumini o‘tkazadi va yangi poygachi Arvid Lindblad bilan bir jamoada harakat qiladi. Louson ehtimol undan ko‘proq yetakchilik talab etilishini aytdi, biroq yangi bolidlar hamma uchun bir xil sinov bo‘lishini ta’kidladi.
“Birinchi mavsumda ko‘p narsani o‘rgandim. Ammo Formula-1’dagi bosimga seni hech kim va hech narsa to‘liq tayyorlay olmaydi. Bu haqda o‘ylashga vaqt ham bo‘lmaydi — shunchaki hafta oxiridan hafta oxirigacha ishlaysan. Yomon uik-end bo‘lsa, uni ortda qoldirish uchun atigi bir-ikki kuning bor”, — dedi Louson.
