Yengilmas avstraliyalik bokschi, birinchi o‘rta vazn (69,9 kg) vakili Nikita Tszyu 16-yanvar kuni Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Maykl Zerafa bilan jang oldidan fikrlarini bildirdi.
«Oxir-oqibat, men uning yuzini chilparchin qilmoqchiman, u ham menga xuddi shuni qilishni xohlayotganiga ishonaman. Boks — qiziq sport. Hozir xotirjammiz, ammo ikkimiz ham jang qonli to‘qnashuv bilan yakunlanishini bilamiz. Men kulib turibman, lekin uni urishni sabrsizlik bilan kutyapman», — dedi Tszyu matbuot anjumanida.
Tszyu — Zerafa jangi matnli onlayn translyatsiya orqali yoritiladi.
