2026 yildan Formula-1 startlari yanada murakkablashadi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

2026 yildan Formula-1 startlari yanada murakkablashadi

2026 yildan boshlab Formula-1’da yangi texnik reglament kuchga kiradi. Unga ko‘ra, start paytida MGU-K elektromotoridan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda Formula Uno Analisi Tecnica xabar berdi.

Yangi qoidalarga binoan, MGU-K faqat mashina 50 km/soat tezlikka chiqqandan keyin ishga tushadi. Demak, startning dastlabki metrlarida bolid faqat ichki yonuv dvigateli va haydovchining ilashish (sцепление) bilan ishlash mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.

Bu o‘zgarish startlarni yanada noaniq va qiziqarli qiladi. Endi faqat reaksiya emas, balki g‘ildiraklarning sirpanib ketmasligini ta’minlash va dvigatelni o‘chirmay start olish muhim bo‘ladi. Gibrid tizimlarsiz mashinalarda tajribaga ega pilotlar ustunlikka ega bo‘lishi mumkin.