Melburnda 2026-yilgi Australian Open (Katta dubulg‘a turniri) uchun qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jahon reytingida 8-o‘rinda turgan rossiyalik tennischi Mirra Andreyeva turnirda 8-raqam ostida saralangan.
Ehtimoliy raqiblar yo‘li:
• 1-bosqich: Donna Vekich (Xorvatiya, 70-o‘rin)
• 2-bosqich: Mariya Sakkari (Gretsiya, 52) yoki Leoliya Janjan (Fransiya, 101)
• 3-bosqich: Dayana Yastremska (Ukraina, 27-o‘rin, 26-raqamli posiv)
• 4-bosqich: Diana Shnayder (Rossiya, 23) yoki Elina Svitolina (Ukraina, 12)
• Chorak final: Kori Gauff (AQSH, 3-o‘rin, 3-posiv)
• Yarim final: Arina Sobolenko (Belarus, 1-raqam)
• Final: Iga Shvyontek (Polsha, 2-raqam) — faqat finalda to‘qnash kelishi mumkin
Shu tariqa, Andreyevani finalgacha juda murakkab va kuchli raqiblar yo‘li kutmoqda, biroq u turnirda chempionlik uchun asosiy da’vogarlar qatorida.
