Katta dubulg‘a turnirlarining 20 karra chempioni, sobiq dunyo birinchi raqamli tennischisi Rojer Federer ispaniyalik Karlos Alkarasning “karyera Grand Slam”ni qo‘lga kiritish imkoniyati haqida o‘z fikrini bildirdi. Mazkur yutuqni yakunlash uchun Alkarasga faqat Australian Open chempionligi yetishmayapti.
“Buni boshdan kechirish oson emas, ammo biz Karlosing qanday o‘yinchi ekanini yaxshi bilamiz. Uning mentaliteti — har bir ochkoni alohida o‘ynash. Rostini aytsam, agar u buni karyerasining shunchalik boshida uddalasa, bu haqiqiy telbalik bo‘lardi”, — dedi Federer (Punto De Break).
Hozirda 22 yosh bo‘lgan Alkaras Katta dubulg‘a turnirlarida 6 marta g‘olib chiqqan. U **“Roland Garros”, “Uimbldon” va US Open turnirlarida ikki martadan chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Biroq Australian Openda Alkaras hozircha chorak finaldan nariga o‘ta olmagan.
