«Racing Bulls» jamoasi Formula-1’ning 2026 yilgi mavsumi uchun mo‘ljallangan yangi bolid livreyasini rasman namoyish qildi.
Taqdimot marosimi Detroyt shahrida, «Ford» kompaniyasining bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida nafaqat «Racing Bulls», balki «Red Bull» jamoasining ham yangi livreyalari ko‘rsatildi.

Yangi mavsumda italiyalik jamoa safida Liam Louson va Formula-1’dagi debyutant Arvid Lindblad ishtirok etadi.
