«Yoqmasa — tomosha qilmang». Dana Uayt UFC 325 asosiy jangi tanqidchilariga javob berdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«Yoqmasa — tomosha qilmang». Dana Uayt UFC 325 asosiy jangi tanqidchilariga javob berdi

UFC prezidenti Dana Uayt Sidneydagi bo‘lib o‘tadigan UFC 325 turnirining asosiy jangi — Aleksandr Volkanovski va Diego Lopes o‘rtasidagi revanshdan norozi bo‘lgan muxlislar tanqidiga munosabat bildirdi.

«Agar bu sizga yoqmasa, tomosha qilmang. Bu shunchaki mantiqan to‘g‘ri keladigan jang edi. Biz jangchilar xonasida o‘tirib, barcha variantlarni yig‘ib chiqamiz. Bu yaxshi jang bo‘lishi kerak», — dedi Uayt Complex News YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Volkanovski va Lopes ikkinchi bor o‘zaro jang qilishadi. Ularning ilk to‘qnashuvi 12 aprel kuni UFC 314 turnirida bo‘lib o‘tgan va unda Volkanovski hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng avstraliyalik jangchi boshqa jang o‘tkazmagan.

Aleksandr Volkanovskining professional MMA’dagi umumiy rekordi: 27 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat.