«Real Madrid» 2026 yilda Erling Holandni transfer qilishni rejalashtirmoqda - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«Real Madrid» 2026 yilda Erling Holandni transfer qilishni rejalashtirmoqda

«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Sky Sport Germany.
Holand Ispaniyani juda yaxshi ko‘radi va Madridning «Real» klubini faoliyatidagi asosiy maqsad deb hisoblaydi. Biroq ushbu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Bunga sabab — norvegiyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan 2034 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomasi mavjudligi.

Erling Holand 2022 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.