Kantening “Fenerbahche”ga yo‘li ochilyapti? - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Kantening “Fenerbahche”ga yo‘li ochilyapti?

«Al-Ittihod» yarim himoyachisi N’Golo Kante «Fenerbahche»ga o‘tishga juda yaqin. Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, 34 yoshli fransiyalik futbolchi turk klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olgan.

Hozirda muzokaralar klublar darajasida davom etmoqda. Shu bilan birga, «Al-Ittihod» bosh murabbiyi Serjiu Konseysau Kanteni jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb biladi va uni saqlab qolishga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kante 2023 yil yozida «Chelsi»dan erkin agent sifatida Saudiya klubiga kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda u klub miqyosida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.