Topuriya keskin bayonot qildi: “Mahachev hatto tushida ham yuta olmaydi” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Topuriya keskin bayonot qildi: “Mahachev hatto tushida ham yuta olmaydi”

Yengil vaznda mag‘lubiyatsiz UFC chempioni, 28 yoshli ispan-gruziyalik Iliya Topuriya muxlislarning savollariga javob berib, Islom Mahachev va Arman Tsarukyan bilan ehtimoliy janglar haqida keskin fikr bildirdi.

Bir muxlis Mahachev uni sabmishn bilan yuta oladimi, deb so‘raganida, Topuriya istehzo bilan:
“Eng jasur tushlarida ham yo‘q. U hatto to‘g‘ri tush ko‘rishni ham bilmaydi”, — dedi.

Tsarukyan bilan jang haqida esa Topuriya ishonch bilan:
“Uni oson nokaut qilaman”, — deb yozdi.

Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya MMA’dagi professional faoliyatini 2015 yilda boshlagan, UFC’da esa 2020 yildan beri jang qilib kelmoqda. Uning hisobida 17 ta g‘alaba bor, shundan faqat 2 tasi hakamlar qarori bilan, mag‘lubiyat esa yo‘q.