UFC chempioni Islom Mahachev jamoadoshi Magomed “Chanko” Zaynikov bilan mashg‘ulotlar haqida gapirdi. Uning aytishicha, Zaynikov dastlab tay-boksdan kelganida jismonan yaxshi holatda bo‘lmagan, ammo ilk yig‘inlardan keyin keskin o‘zgargan.
Mahachev Kislovodskdagi mashg‘ulotlardan so‘ng Chanko tik turib jangda juda og‘ir raundlar bera boshlaganini ta’kidladi.
“Tik holatda menga Chankodek qiyin raund beradigan boshqa jangchi yo‘q. Shu sabab uni doim yig‘inlarga olib chiqaman”, — dedi Mahachev.
Unga ko‘ra, aynan Zaynikov bilan mashg‘ulotlar uni tik turib jang qilishda yanada ishonchli qiladi.
