UFCning sobiq chempioni va Shon-sharaf zaliga kiritilgan Habib Nurmagomedov jiyani Umar Nurmagomedovning navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi. Umar 25 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 324 turnirida braziliyalik Deivison Figeyredu bilan jang qiladi.
Habibning aytishicha, Umar aynan yanvarda jang qilishni o‘zi xohlagan va UFC unga eng kuchli raqiblardan birini bergan. U Umarda hali ham “olov” borligini, aynan shu jihat MMA’da juda muhim ekanini ta’kidladi.
“Yanvarda muxlislar yana bir bor ko‘radi va ishonch hosil qiladi: hozirda Umar engil vaznning cho‘qqisi”, — dedi Habib.
