«Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Mark Gehi «Manchester City»ga o‘tishga bir qadam qoldi. Futbolchi tibbiy ko‘rikning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano.
Klublar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan: bitim qiymati bonuslar bilan birga 20 mln funtni tashkil etadi.
Gehi «Chelsi» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2021 yilda «Kristal Pelas»ga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u 33 o‘yinda 3 gol va 3 assist qayd etgan.
