Fyuri qaytishi haqida: meni yutish uchun ringga mixlab qo‘yish kerak - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Fyuri qaytishi haqida: meni yutish uchun ringga mixlab qo‘yish kerak

Superog‘ir vaznda ikki karra jahon chempioni Tayson Fyuri o‘zining ringga qaytishi va raqiblari haqida keskin fikr bildirdi.

“Ko‘p odamlar meni yengishini aytyapti. Ha, har bir superog‘ir vazn jangchisida kuch bor. Lekin masala — lo‘lilar qiroli Fyurini ushlab turish. Buyuk Brendan Ingl aytganidek: ‘Tayson Fyurini yutish uchun uni ring kanvasiga mixlab qo‘yish kerak. Buning uchun esa olti dyuymli mixlar kerak bo‘ladi’”, — dedi Fyuri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oddiy kuch uning uchun hech narsa emas:

“Muhimi — jasorat. Katta nokautchilarning ko‘pida bu yetishmaydi. Menda esa shunchalik katta jur’at borki, uni aravada olib yurish kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Fyuri.