FIFA ichida AQSh prezidenti Donald Trampga tinchlik mukofoti topshirilgani ko‘pchilik tomonidan ijobiy qabul qilinmadi. The Guardian xabariga ko‘ra, tashkilotning o‘rta va yuqori lavozimdagi ayrim amaldorlari bu qarordan norozi bo‘lib, o‘zlarini noqulay his qilgan. Ayniqsa, mukofot berish mezonlari omma oldida tushuntirilmagani savollarni ko‘paytirgan.
Keyinchalik, marosimdan so‘ng AQShning tashqi siyosatdagi qarorlari fonida FIFA ichidagi norozilik yanada kuchaydi. Manbaga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino siyosiy jihatdan nozik masalalarda qarorlarni ko‘pincha mustaqil qabul qiladi. Boshqa amaldorlar esa tashkilot obro‘siga putur yetmasligi uchun siyosatdan yiroq bo‘lib, asosan futbolga e’tibor qaratishni afzal ko‘rishadi.
