«Roma» hujumchisi Artyom Dovbik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganini ma’lum qildi. Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda jarohat futbolning bir qismi ekanini aytib, tiklanishga to‘liq e’tibor qaratayotganini va yanada kuchli bo‘lib qaytishini ta’kidladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli Ukraina terma jamoasi hujumchisi son payi uzilishi sabab kamida ikki oy safdan chiqdi. Jarohatni u 6-yanvar kuni «Lechche»ga qarshi o‘yinda (2:0) olgan, o‘sha bahsda gol ham urishga ulgurgan.
Joriy mavsumda Dovbik 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
