Mor keskin fikr bildirdi: Vinisius “Real”dagi eng yomon futbolchi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Mor keskin fikr bildirdi: Vinisius “Real”dagi eng yomon futbolchi

Sobiq rossiyalik futbolchi Eduard Mor braziliyalik vinger Vinisius Juniorni so‘nggi ikki oyda Madridning “Real” klubidagi eng sust o‘yinchi deb atadi.

— “Vinisius juda yomon o‘ynamoqda. So‘nggi ikki oyda u ‘Real’dagi eng yomon futbolchi bo‘ldi. Uni almashtirishsa, bahslashadi, intervyular beradi. ‘Oltin to‘p’ga da’vogardan muammoga aylandi”, — dedi Mor “Match TV” efirida.

Ma’lumot uchun, joriy La Liga mavsumida Vinisius hisobida 5 ta gol va 5 ta assist bor.