UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Jon Jons AQShlik shogirdi, erkin kurash bo‘yicha Tokio–2020 Olimpiya chempioni Geybl Stivson bilan mashg‘ulot o’tkazdi
25 yoshli Geybl Stivson erkin kurashda ko‘plab yutuqlarga ega: u yoshlar o‘rtasida bir necha bor jahon chempioni bo‘lgan, Panamerika chempionatida g‘olib chiqqan. Tokio Olimpiadasida esa 125 kg vazn toifasida atigi 21 yoshida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
