Murabbiy e’tirofi: Chimaev jang qilishni xohlamadi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Murabbiy e’tirofi: Chimaev jang qilishni xohlamadi

UFC o‘rta vaznida (84 kg) sobiq chempion Drikus dyu Plessining murabbiyi Morn Visser shogirdining Hamzat Chimaevga qarshi UFC 319 (avgust) turniridagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.

— “Biz jang qilishni xohlamagan raqibga tayyorlanmagandik. Chimaev faqat kurashga yopishdi. Agar buni oldindan bilganimizda, Drikusning tayyorgarligini boshqacha qilardik. U kurashda ham yetarlicha kuchli. Chimaev uni yerda ushlab yotdi, jang bo‘lmadi. Hakam ularni bir necha bor tik holatga qaytarishi kerak edi”, — dedi Visser (Fight Forecast).