“Arsenal” tarix yozdi: APLda faqat “Man Siti” undan ustun - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

“Arsenal” tarix yozdi: APLda faqat “Man Siti” undan ustun

Londonning “Arsenal” klubi Chempionlar ligasi 7-turida Italiyaning “Inter” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa tarixida APL jamoalari orasida muhim yutuqqa erishdi.

Opta Sport ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” ilk bor Chempionlar ligasida ketma-ket 7 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. APL klublari ichida faqat “Manchester Siti” bundan uzoqroq g‘alabali seriyaga ega — 10 ta ketma-ket g‘alaba (2023 yil mayidan 2024 yil apreliga qadar).

Hozirda Mikel Arteta shogirdlari Chempionlar ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Arsenal” 21 ochko jamg‘arib, maksimal natijani qayd etdi.