Kon­te norozi: “Bunday o‘yinlarda g‘alabani qo‘ldan chiqarmaslik kerak” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Kon­te norozi: “Bunday o‘yinlarda g‘alabani qo‘ldan chiqarmaslik kerak”

“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar ligasining 7-turida “Kopengagen” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynaganidan so‘ng fikr bildirdi.

“Biz hafsalamiz pir bo‘ldi. Bu o‘yinda albatta g‘alaba qozonib, pley-offga chiqishimiz kerak edi. Son jihatdan ustun bo‘lgan paytimizda vaziyatni to‘liq nazorat qildik, shuning uchun tarkibdagi yo‘qotishlar yoki charchoqni bahona qilib bo‘lmaydi. Bunday uchrashuvlarni yutib olish shart”, — dedi Konte UEFA rasmiy saytiga.

Mazkur natijadan so‘ng “Napoli” 8 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy jadvalida 23-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda neapolliklar 28 yanvar kuni o‘z maydonida Londonning “Chelsi” klubini qabul qiladi.