Yengil vazn toifasida UFC reytingida birinchi o‘rinda turgan Arman Tsarukyan chempionlik jangini olish va kamarni qo‘lga kiritish istagi haqida gapirdi.
“UFC chempionlik kamari — men uchun dunyodagi eng muhim narsa. Shu kamar uchun barcha pullarimni, soatlarimni, mashinalarimni ham berishga tayyorman”, — dedi Tsarukyan Demetrius Jonson podkastida.
29 yoshli Arman Tsarukyanning professional MMA rekordida 23 g‘alaba (15 tasi muddatidan oldin) va 3 mag‘lubiyat bor. U aralash jang san’atlarida professional debyutini 2015 yil sentabr oyida amalga oshirgan.
