Vinisius: “Meni maydondagi o‘yinim bilan baholashlarini istayman” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Vinisius: “Meni maydondagi o‘yinim bilan baholashlarini istayman”

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasining 7-turida “Monako” ustidan 6:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz o‘yinga juda jiddiy kirishdik, to‘pni tez-tez bir qanotdan boshqasiga o‘tkazdik. Men ko‘p to‘p bilan bo‘ladigan vaziyatlar — aynan menga mos. So‘nggi kunlar jamoa uchun ham, men uchun ham og‘ir bo‘ldi: tribunadagi hushtaklar va men haqimda aytilgan gaplar sabab. Men doim e’tibor markazidaman, ammo bu maydondan tashqaridagi sabablar bilan bo‘lishini xohlamayman. Meni maydonda qilgan ishlarim, klub uchun bergan hissam orqali tan olishlarini istayman.

Bu yerda talablar juda yuqori, ularga har kuni mos kelish kerak. Har doim eng yaxshi texnik formada bo‘lmasligim mumkin, ammo bu futbolka va menga juda ko‘p narsa bergan klub uchun borimni beraman”, — dedi Vinisius klub rasmiy saytiga.

Mazkur uchrashuvda braziliyalik hujumchi bir gol urib, uchta golli uzatma amalga oshirdi.