UEFA Chempionlar ligasining 2025/2026-yilgi mavsumida umumiy bosqichning 7-turi yakunlandi. Ushbu tur natijalariga ko‘ra 15 ta klub top-24 talikka kirib, pley-off bosqichida ishtirok etishni aniq ta’minladi.
Pley-offga chiqishi kafolatlangan jamoalar:
“Arsenal”, “Bavariya”, “Real”, “Liverpul”, “Tottenhem”, PSJ, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Barselona”, “Sporting”, “Manchester Siti”, “Atletiko”, “Atalanta”, “Inter”, “Yuventus”.
Shuningdek, “Arsenal” va “Bavariya” allaqachon 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. London klubi jadvalda ikkinchi o‘rindan pastga tushmaydi, Myunxen jamoasi esa to‘rtinchi o‘rindan quyi joyni egallamaydi.
