UEFA Chempionlar ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi umumiy bosqichi yakuniga bir tur qolganida, Angliya Premer-ligasining barcha 6 vakili pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi.
Turnir jadvalida 1-o‘rinda borayotgan “Arsenal” allaqachon to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qolgan ingliz klublari — “Liverpul”, “Tottenhem”, “Nyukasl”, “Chelsi” va “Manchester Siti” — hozircha saralash (stykovoy) bosqichida ishtirok etishni ta’minlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumgi UEFA reytingi natijalariga ko‘ra Angliya Chempionlar ligasi uchun qo‘shimcha 5-yo‘llanma oldi. Shu sababli turnirda “Nyukasl” ham qatnashmoqda.
Shuningdek, “Tottenhem” APLni 2024/2025-yilgi mavsumda 17-o‘rinda yakunlaganiga qaramay, Yevropa Ligasi g‘olibi sifatida Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.
