«Qorabog‘» murabbiyi Chempionlar ligasidagi hakamlik haqida fikr bildirdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«Qorabog‘» murabbiyi Chempionlar ligasidagi hakamlik haqida fikr bildirdi

«Qorabog‘» bosh murabbiyi G‘urban G‘urbanov UEFA Chempionlar ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi umumiy bosqich 7-turida «Ayntraxt»ga qarshi o‘yinda (3:2) hakamlar faoliyatiga munosabat bildirdi.

— Hakamlar ishi haqida ortiqcha izoh shart emas. Penalti belgilangan epizodda men ham sizlar kabi jahlim chiqdi, lekin tezda o‘zimni bosdim (kuladi). Bu futbol, bunday holatlar bo‘lib turadi. Bu masala bo‘yicha eng to‘liq va to‘g‘ri fikrni janob prezidentning o‘zi aytib bo‘ldi. Unga yana bir bor rahmat, — dedi G‘urbanov (Azerisport).

Avvalroq Ozarbayjon prezidenti UEFA tomonidan tayinlangan hakamlar «Qorabog‘»ning g‘alabali yurishiga noobyektiv va shubhali qarorlar bilan to‘sqinlik qilayotgani haqida bayonot bergani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, uchrashuvning 78-daqiqasida, hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda bosh hakam Sandro Sherer Ozarbayjon jamoasi darvozasiga penalti belgiladi. Bungacha shunga o‘xshash qoida buzilishi uchun nemis jamoasi darvozasiga 11 metrlik zarba belgilanmagan edi.