Formula-1ning to‘rt karra jahon chempioni Maks Ferstatappen 2026 yildan kuchga kiradigan dvigatel reglamenti o‘zgarishlari haqida fikr bildirdi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, Formula-1 mashinalarida quvvat ichki yonuv dvigateli va elektr energiyasi o‘rtasida teng — 50/50 nisbatda taqsimlanadi. Bu chempionat tarixidagi elektrlashtirish yo‘lidagi eng katta qadam hisoblanadi.
Ferstatappen shunday dedi:
“Jamoa bu o‘zgarishlar haqida oldindan bilardi, shuning uchun bu biz uchun shok bo‘lmadi. Jamoa tayyorgarlik ko‘rgan va bu, albatta, yangi chaqiriq. So‘nggi uch yildagi mashinalar menga yoqardi, ammo ba’zan o‘zgarishlar ham foydali bo‘ladi. Bu kuchlar nisbatini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin. Qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.
«Ford» bilan hamkorlik qilish — ajoyib imkoniyat. Ularning avtosportda juda katta merosi bor. O‘ylaymanki, hozir barchamiz mavsum startini intiqlik bilan kutyapmiz”, — deya uning so‘zlarini RacingNews365 nashri keltirdi.
