UFC 324: turnirni qayerda tomosha qilish mumkin, qaysi kanalda - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

UFC 324: turnirni qayerda tomosha qilish mumkin, qaysi kanalda

24 yanvardan 25 yanvarga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida yilning ilk raqamli turniri — UFC 324 bo‘lib o‘tadi. Turnir Toshkent vaqti bilan 03:00 da boshlanadi, asosiy janglar (main card) esa 07:00 ga belgilangan.

UFC 324 turnirining jonli translyatsiyasini «Match! Boyets» va «Match! TV» telekanallari orqali tomosha qilish mumkin. Shuningdek, turnir UFC Fight Pass platformasida ham namoyish etiladi.

Turnirning markaziy jangi yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi — unda amerikalik Jastin Getji va britaniyalik Peddi Pimbett o‘zaro to‘qnash keladi.
Soglavniy jangda esa eng yengil vazn vakillari — amerikalik Shon O’Melli va xitoylik Son Ya Don oktagonga chiqadi.