2025/2026 yilgi mavsum Yevropa ligasida pley-off bosqichiga chiqish uchun matematik imkoniyatlarini yo‘qotgan olti jamoa ma’lum bo‘ldi.
Quyidagi klublar Yevropa ligasida pley-off zonasi uchun kurashish imkonidan mahrum bo‘ldi:
«Shturm» (4 ochko), «Reyndjers» (4), «Nitssa» (3), «Utrext» (1), «Malmö» (1), «Makkabi Tel-Aviv» (1).
Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra eng yaxshi sakkizta jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. 9–24-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa saralash (pley-off) bosqichida ishtirok etadi va ushbu bosqich g‘oliblari ham 1/8 finalga chiqadi.
Amaldagi Yevropa ligasi g‘olibi — «Tottenhem» bo‘lib, u o‘tgan mavsum finalida «Manchester Yunayted»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan.
