24 yanvardan 25 yanvarga o‘tar kechasi (Moskva vaqti bilan) AQShning Las-Vegas shahrida yilning ilk raqamli turniri — UFC 324 bo‘lib o‘tadi. Unda rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedov oktagonga chiqadi. Uning raqibi — braziliyalik Deyvison Figeyredu bo‘ladi.
Umar Nurmagomedovning qisqacha statistikasi:
• Ismi: Umar Nurmagomedov
• Laqabi: Yosh burgut
• Yoshi: 30 yosh
• Bo‘yi: 173 sm
• Vazn toifasi: eng yengil vazn
• UFC reytingi: 2-o‘rin
• Umumiy rekord: 19 g‘alaba – 1 mag‘lubiyat
• Qaror bilan g‘alabalar: 10 ta
• Muddatidan oldin g‘alabalar: 2 ta nokaut, 7 ta sabmishn
Umar o‘zining so‘nggi jangini 2025 yil oktyabr oyida o‘tkazib, unda amerikalik Mario Bautistani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan.
