UFC chempioni Topuriya tennischi Alkarasni “Kar’era Shlemi” bilan tabrikladi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

UFC chempioni Topuriya tennischi Alkarasni “Kar’era Shlemi” bilan tabrikladi

Yengil vazn (UFC) chempioni, ispano-gruziyalik Iliyа Topuriya, Australian Open—2026 g‘alabasi bilan kar’era “Shlemi”ni qo‘lga kiritgan vatandoshi Karlоs Alkarasni tabrikladi. Finalda Alkaras serbiyalik Novak Jokovichni 2:6, 6:2, 6:3, 7:5 hisobida mag‘lub etdi.

«Iqtidor mehnat bilan uchrashganda afsonalar tug‘iladi. Kar’era “Grand Slam”ni yakunlaganing bilan tabriklayman. Seni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ulkan yutuq, Karlоs», — deb yozdi Topuriya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Alkaras “Grand Slam” turnirlaridagi g‘alabalari bo‘yicha amerikalik Jon Mekinro va shved Mats Vilander bilan tenglashdi. Ochiq era davrida eng ko‘p “Shlem”ni Andre Agassi, Ivan Lendl, Jimmi Konors (har biri 8), Bjorn Borg (11), Pit Sampras (14), Rojer Federer (20), Rafael Nadal (22) va Novak Jokovich (24) qo‘lga kiritgan.