Javohir Sindarov — Titled Tuesday g‘olibi! - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Javohir Sindarov — Titled Tuesday g‘olibi!

Har hafta seshanba kuni Chess.com platformasida blits yo‘nalishida nufuzli Titled Tuesday onlayn turniri bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning eng kuchli grossmeysterlari muntazam qatnashib, g‘oliblik uchun keskin bahs olib borishadi.

Quvonarlisi, 11 turdan iborat shveytsarcha tizimdagi so‘nggi turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov 9,5 ochko jamg‘arib, chempionlikni qo‘lga kiritdi!

Musobaqa davomida u Yan Nepomnyashiy, Vladislav Artemyev va Maksim Vashe-Lagrave kabi kuchli shaxmatchilarni mag‘lub etdi.

Jahon kubogi g‘olibi bo‘lgan Sindarovning bu natijasi o‘zbek shaxmati uchun yana bir katta yutuq bo‘ldi!