Alkaras ochiq gapirdi: “Sinner meni yanada kuchli qiladi!” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Alkaras ochiq gapirdi: “Sinner meni yanada kuchli qiladi!”

Dunyoning birinchi raketkasi, ispaniyalik tennischi Carlos Alcaraz italiyalik raqibi Jannik Sinner bilan raqobat haqida samimiy fikr bildirdi.

Alkaras shunday dedi:
“Men yolg‘on gapirmayman — Yannick turnirda qatnashsa, bu meni yanada ko‘proq ruhlantiradi. Finalga chiqish uchun har kuni eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Aynan shunday o‘yinlar meni haqiqiy ma’noda rivojlantiradi. Umid qilamanki, finalda unga qarshi o‘ynayman.”

Tennischilar hozir Doha (Qatar) shahrida o‘tayotgan ATP-500 turnirida ishtirok etmoqda. Musobaqaning amaldagi chempioni — Andrey Rublev.