UFC prezidenti Dana White va WWE rahbarlaridan biri Nick Khan boshqaruvidagi Zuffa Boxing britaniyalik mashhur bokschi Conor Benn bilan rasmiy shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Promoushen ijtimoiy tarmoqlarda: “Yana bir iste’dodli bokschi Zuffa Boxing bilan shartnoma imzoladi. Xush kelibsiz, Konor!” — deya bayonot berdi.
Hozir 29 yoshda bo‘lgan Benn professional faoliyati davomida 25 ta jang o‘tkazgan: 24 ta g‘alaba (shundan 14 tasi nokaut bilan) va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Avvalroq Matchroom Boxing rahbari Eddie Hearn yangi Zuffa Boxing loyihasi ishga tushirilgach, Dana White bilan promouterlar o‘rtasidagi keskinlashgan ziddiyat fonida tanqidiy fikr bildirgan edi.
